» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon o‘tkazadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon o‘tkazadi


O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun — 18-noyabrga bag‘ishlab Mudofaa vazirligi tomonidan 10 kilometr masofaga ommaviy yugurish aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etishlaricha, ushbu aksiya yengil atletika sport turlarini yanada ommalashtirish, aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan.

Aksiyada O‘zbekiston Qurolli Kuchlar tuzilmalaridagi vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilaridan iborat jamoalar uch yosh toifasida (35 yoshgacha, 45 yoshgacha va 45 yoshdan yuqori) ishtirok etadi.

Ommaviy yugurish 18-noyabr kuni soat 10:00 da Toshkentning Mahtumquli ko‘chasidagi “Korzinka.uz Aviator” supermarketidan boshlanadi. Shuningdek, unda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyishi rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют