» » Qorovul qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinlandi. Bundan oldingi qo‘mondon qamoqqa olingandi

Qorovul qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinlandi. Bundan oldingi qo‘mondon qamoqqa olingandi


Polkovnik Xasan Botirov Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi IIV axborot xizmati.

Tayinlovga qadar Xasan Botirov Ichki ishlar vazirligi Ichki vazifalar qo‘shinlari Korpusi qo‘mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olingandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 301-moddasi (“Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют