» » Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Azizbek Ikramov yangi lavozimga tayinlandi

Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Azizbek Ikramov yangi lavozimga tayinlandi


General-mayor Azizbek Ikramov Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, Mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatini 2017-yilda boshlagan general-mayor Azizbek Ikramov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida bir qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirilgan:

Bundan avval, Ichki ishlar vazirining jamoatchilik tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev va IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Pan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi. Bugun, 23-noyabr kuni Bosh prokuratura general-mayor Dmitriy Panga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va unga nisbatan Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo‘llanilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют