» » Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov egallab turgan lavozimidan ozod etildi


Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

General-mayor Azizbek Ikramov Mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatini 2017-yilda boshlagan. Bunga qadar Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan.

Azizbek Ikramov o‘rniga Mudofaa vazirligi toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni polkovnik Hamdam Qarshiyev O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni lavozimiga polkovnik Jur’at Yaqubov tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют