» » Mudofaa vaziri o‘rinbosari Termiz garnizonida sayyor qabul o‘tkazdi

Mudofaa vaziri o‘rinbosari Termiz garnizonida sayyor qabul o‘tkazdi


Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi mas’ul mansabdor shaxslardan iborat guruh 28—29-may kunlari Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Termiz garnizonida joylashgan “Oila markazi”da sayyor qabul o‘tkazdi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, qabulda Mudofaa vazirligi markaziy apparatidan iborat ishchi guruh bilan birga okrug qo‘mondonligi mas’ul ofitserlari ham ishtrok etdi. Ular harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda harbiy pensionerlarning mavjud muammolari, talab, taklif va ehtiyojlari o‘rganilib, ularga amaliy ko‘mak berish yuzasidan ish olib bordi.

Xususan, salomatligi tufayli yillar davomida aziyat chekib kelayotgan nafaqadagi podpolkovnik G‘aribjon Safarovga yordam berildi. U iyun oyining birinchi o‘n kunligi ichida o‘z tashxisi bo‘yicha bilan Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida davolanadigan bo‘ldi. Agar zarurat tug‘ilsa, hatto xorij shifoxonalariga ham yo‘llanma olishiga imkon bo‘lishiga va’da berildi.

Sayyor qabul ishchi guruhi bilan birgalikda Surxondaryo viloyatining davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport, bank va kredit, bandlikka ko‘maklashish kabi ijtimoiy-maishiy muammolarga yechim topdi.

Xabarda aytilishicha, shu kabi sayyor qabullar 30-may kuni Qarshi shaharida, 31-may kuni esa Buxoro shahrida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют