» » O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari uchta viloyat markazlarida sayyor qabullar o‘tkazadi

O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari uchta viloyat markazlarida sayyor qabullar o‘tkazadi


O‘zbekiston mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, vazirning o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 29—31-may kunlari Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar o‘tkazadi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Sayyor qabul harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda harbiy pensionerlarning muammolari, talab, taklif va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Sayyor qabullar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar quyida keltirilgan kunlarda o‘tkaziladi:

29-may kuni – Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi viloyat Yoshlar markazida;

30-may kuni – Qashqadaryo viloyati Qarshi shaharidagi viloyat Yoshlar markazida;

31-may kuni – Buxoro viloyati Buxoro shahridagi viloyat Yoshlar markazida.

Shuningdek, sayyor qabulga viloyatlarning davlat va jamoat tashkilotlari ham jalb etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют