» » IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olindi

IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olindi


IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Harbiy prokuratura tomonidan 19-noyabr kuni IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan Jinoyat kodeksining 301-moddasi (Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 23-noyabr kuni Dmitriy Pan Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari va Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi

Bundan avval, Ichki ishlar vazirining jamoatchilik tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev va IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Pan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni Dmitriy Pan hibsga olingani haqidagi xabarlarga Bosh prokuratura izoh berdi

Avallroq, ijtimoiy tarmoqlarida general Pan hibsga olingani va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqalgandi. “Daryo” tarqalgan xabarlar yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rov yuborib, generalning hibsga olingani bo‘yicha rasmiy ma’lumot yo‘qligi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют