Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari va Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi
Ichki ishlar vazirining jamoatchilik tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Bu boradagi tegishli farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 18-noyabr kuni imzolangan. 19-noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosarining lavozimdan ozod etilishini bosh vazir Abdulla Aripov e’lon qilgan.
Muhiddin Jo‘rayev 2018-yilning dekabrida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Bunga qadar u Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i (2016—2018-yillar), shuningdek, Mirzo Ulug‘bek IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
“Gazeta.uz”ning yozishicha, IIV tizimidagi yana bir qator mansabdorlar bo‘shatilgan. Xususan, IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Pan ham lavozimidan ozod etilgan.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
