» » Surxondaryoda viloyat hokimi o‘rinbosari va viloyat prokurori lavozimidan ozod etildi

Surxondaryoda viloyat hokimi o‘rinbosari va viloyat prokurori lavozimidan ozod etildi


Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Oxunov va viloyat prokurori O‘ktam Saidov boshqa ishga o‘tgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Turon24” xabar berdi.

8-noyabr kuni Termiz shahridagi viloyat hokimligi binosida Bosh vazir Abdulla Aripov, O‘zbekiston prezidenti adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari va viloyat prokurori lavozimidan ozod etilgan.

Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Rahmatulla Gapparov, Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga esa Denov tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют