» » Toshkent viloyatining sobiq hokimi Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent viloyatining sobiq hokimi Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi


Rustam Xolmatov Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda, Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmatiga tayanib, UZ24 xabar bermoqda.

Xolmatov mazkur lavozimda Akrom Oripov o‘rnini egalladi. Avvalroq Akrom Oripov viloyatning Do‘stlik tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Rustam Xolmatov bungacha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Oqqo‘rg‘on” shirkatlar birlashmasi bosh iqtisodchisi, Oqqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Chinoz tumani hokimi, Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari — viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Quyi Chirchiq tumani hokimi, Toshkent viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan.

So‘nggi yillarda Rustam Xolmatov “Paxtasanoat” ilmiy markazi ishlab chiqarish va iqtisod bo‘limi boshlig‘i, shu markaz boshqaruvi raisi maslahatchisi, Bekobod tumani hokimi lavozimlarida mehnat qilib kelgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют