» » Namangan tumani hokimi Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri etib tayinlandi

Namangan tumani hokimi Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri etib tayinlandi


Namangan viloyatining Namangan tumani hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri xabar bermoqda. 

2015-yilda tuman hokimi lavozimiga tayinlangan Shavkatjon Abdurazzaqov bunga qadar ham Vazirlar Mahkamasida, Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘gma axborot-tahlil departamenti hududlarni kompleks rivojlantirish sho‘basining bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentini boshqargan Ulug‘bek Uzoqov Jizzax viloyati hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. 

Опубликовано: admin (23-02-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют