Murod Rasulov “Elektron hukumat” markazi direktor o‘rinbosari etib tayinlandi
AKT joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamentining boshlig‘i Murod Rasulov “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining rahbar o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar berdi.
Rahbar o‘rinbosarini tayinlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari I.Jo‘rayev, “Elektron hukumat” markazining direktori Sh.Habibullayev hamda markaz xodimlari ishtirok etdi.
Murod Rasulov 2014—2015-yillarda “Elektron hukumat” markazi hududlarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 2015-yildan ushbu markazning AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamentini boshqarib kelgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
