» » O‘zbekistonda QR-kod orqali to‘lov tizimi joriy qilindi

O‘zbekistonda QR-kod orqali to‘lov tizimi joriy qilindi


UzCard QR-kod orqali to‘lov tizimini rivojlantirmoqda. Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari ma’lum qilishicha, yangilikni QR-kod orqali to‘lov mexanizmini joriy qilgan savdo-servis korxonalarida sinab ko‘rish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining “2016—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish maqsadida, shuningdek, moliyaviy xizmatlarning onlayn-imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Yagona umumrespublika protsessing markazi savdo terminalini qo‘llamasdan, QR-kod orqali to‘lov tizimini joriy etdi.

Bunda bank to‘lov kartasi smartfondagi dasturga biriktiriladi, so‘ng ushbu dasturdan savdo nuqtalarida to‘lovni amalga oshirish uchun foydalaniladi. To‘lovning bunday usuli sotuvchi uchun ham, xaridor uchun ham oddiy plastik bank kartasiga nisbatan qulayroq. Masalan, sotuvchiga kartani qabul qilish uchun savdo terminali kerak bo‘lmaydi. Xaridorda esa kartalar solingan hamyondan smartfon foydasiga voz kechish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют