» » Novosibirsk viloyatida “O‘zeksport-Sibir” savdo uyi ochiladi

Novosibirsk viloyatida “O‘zeksport-Sibir” savdo uyi ochiladi


Rossiyaning Novosibirsk viloyatida may oyida “O‘zeksport-Sibir” savdo uyi ish boshlaydi. Bu haqda viloyat gubernatori Vladimir Gorodetskiy ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.

O‘zbekiston va Rossiya vakillari Novosibirsk viloyati va Sibir federal okrugining boshqa hududlariga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.

Gorodetskiy 2017-yilning mayida Novosibirsk viloyatida “O‘zeksport-Sibir” savdo uyi ishga tushishini, u “Impuls” omborxona majmuasi bazasida ishlashini aytdi. Markazning boshlang‘ich quvvati yiliga 75 ming tonna mahsulotni tashkil etadi va ushbu hajmni oshirish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, Novosibirsk viloyati gubernatori so‘zlariga ko‘ra, tomonlar meva-sabzavot mahsulotlarini O‘zbekistondan Rossiyaga temir yo‘l transporti orqali tashish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Novosibirsk viloyati delegatsiyasi gubernator Vladimir Gorodetskiy rahbarligida O‘zbekistonga hukumat taklifi bilan kelgan edi.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют