» » O‘zbekistonda yangi ochilgan aloqa operatoriga “MTS”ning Oltoy o‘lkasidagi filiali rahbari direktor etib tayinlandi

O‘zbekistonda yangi ochilgan aloqa operatoriga “MTS”ning Oltoy o‘lkasidagi filiali rahbari direktor etib tayinlandi

O‘zbekistonda yangi ochilgan aloqa operatoriga “MTS”ning Oltoy o‘lkasidagi filiali rahbari direktor etib tayinlandi

O‘zbekistonda ochiladigan Universal Mobile Systems MChJ qo‘shma korxonasi direktori etib Dmitriy Nagorniy tayinlandi. U bundan avval "MTS” kompaniyasining Rossiyaning Oltoy o‘lkasidagi filialiga rahbarlik qilgan.

Kapitalist.tv nashrining xabar berishicha, Dmitriy Nagorniy "MTS”ning Oltoy filialida 2013-yil 5-avgustdan ishlab kelgan, oradan roppa-rosa bir yil o‘tib, lavozimdan ozod etilgan.

Bungacha to‘qqiz yil davomida "MTS”ning Sibirdagi filialida huquqshunoslik bo‘limi direktori bo‘lgan.

Nagorniy 1972-yilda tug‘ilgan. Tomsk davlat universitetini "Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U "MTS”dagi karyerasini 1998-yilda kompaniyaning Novosibirsk oblastidagi filialida yetakchi huquqiy maslahatchi sifatida boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning "MTS” mobil aloqa operatori O‘zbekistonda mamlakat hukumati bilan tuzilgan Universal Mobile Systems qo‘shma korxonasi doirasida 1-dekabrda aloqa tarmog‘ini ishga tushiradi.

Sentabr oxirida qo‘shma korxonaga 2G/3G/LTE litsenziyalar, zarur chastota diapazoni, raqam sig‘imi va ish uchun zarur bo‘lgan boshqa ruxsatnomalar berilgani xabar berilgan edi.

24-sentabrdan O‘zbekistonning ko‘pgina hududlarida mobil aloqa foydalanuvchilari telefonlarida "MTS” tarmog‘i ko‘rina boshlagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Tarmoq qurilmalarda "UZB MTS” nomi bilan paydo bo‘ldi. Ammo tarmoqqa ulanganda qurilmada "No service” ("Aloqa yo‘q”) degan yozuv paydo bo‘lmoqda va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishning imkoniyati yo‘q. Bu borada kompaniya tarmoqni sinovdan o‘tkazayotgani haqida taxmin qilish mumkin.

Avvalroq, "MTS” kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan murosa bitimi imzolagani, O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxona tashkil etishi, korxonaning 50,01 foizi "MTS”ga, 49,99 foizi esa O‘zbekiston hukumatiga tegishli bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi UMS’ga ilk faoliyatini olib borishi uchun 2,5 million abonent raqami ajratgani, ulardan 1,5 millioni Toshkent aholisi uchun berilgan bo‘lib, qolgan raqamlar O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha taqsimlanganligi 18-sentabr kuni e’lon qilingan edi.

 
Daryo.uz
Опубликовано: MusTanG (10-10-2014, 18:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют