» » Buxoro viloyati hokimi: Kogonda birorta ham bozor yo‘q. Tumanni qoloqlikdan chiqarish kerak

Buxoro viloyati hokimi: Kogonda birorta ham bozor yo‘q. Tumanni qoloqlikdan chiqarish kerak


Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev xalq deputatlari Kogon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumandagi joriy ahvolni keskin tanqid ostiga oldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mamlakat bo‘ylab olib borilayotgan islohotlarning Kogon tumanidagi ijrosi mutlaqo talabga javob bermaydi. Shu bois ham hududda hal etilishi lozim bo‘lgan juda ko‘plab masalalar to‘planib qolgan.

Xususan, tuman rahbariyati tomonidan aholi dardi, tashvishini o‘rganish, ular muammolarini hal etishda sustkashliklar ko‘zga tashlanmoqda: hozirgacha O‘zbekiston Prezidenti virtual qabulxonasiga Kogon tumani bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning atigi 9 foizi qanoatlantirilgan.

Tumanda ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes subyektlarining qariyb 70 foizi vaqtincha faoliyat yuritmayapti. Natijada eksport va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar belgilangan prognoz doirasida bajarilmayapti.

“Shuningdek, paxta, qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat ekinlarini yetishtirishdagi past ko‘rsatkichlar, aholining kommunal to‘lovlardan qarzdorligi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’mirtalabligi, hududda birorta ham bozor mavjud emasligi, ichki yo‘llarning yaroqsiz holatga kelib qolganligi ma’ruzada tanqidiy tahlil etildi”, — deyiladi hokimlik axborotida.

O‘ktam Barnoyev mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tumanni qoloqlikdan chiqarish borasida alohida kompleks dastur shakllantirish lozimligi xususida to‘xtalib, ushbu dasturga kiritiladigan loyihalar xususida aniq takliflar taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Avvalroq Kogon tumani sobiq hokimi S. Hamroyev o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgani, uning o‘rniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Kogon tumani va Kogon shahriga yangi hokimlar tayinlandi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют