» » Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosari tayinlandi

Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosari tayinlandi


“O‘zparrandasanoat” uyushmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Ismatullayev Rustam Mahmudovich Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rustam Ismatullayev 1960-yil Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. 1987-yili Toshkent davlat universitetining sirtqi bo‘limini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — huquqshunos.

Ismatullayev 1997—2000-yillarda Namangan viloyati Namangan tumani hokimi, 2000—2011-yillarda Namangan viloyati Pop tumani hokimi vazifalarida ishlagan. 2017-yili “O‘zparrandasanoat” uyushmasi raisi etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha avvalgi o‘rinbosari Abdurayimov Jasurbek Odilovich Baliqchi tumaniga hokim etib tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют