» » Xitoyda koronavirus epimarkazi yaqinidagi hududda parranda grippi tarqaldi

Xitoyda koronavirus epimarkazi yaqinidagi hududda parranda grippi tarqaldi


Xitoyning yangi turdagi koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasining janubiy chegarasida joylashgan Xunan provinsiyasida parranda grippi tarqaldi, deb xabar berdi “RBK” Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga asoslanib.

Parranda grippi Shaoyan shahrining Shuansin tumanida joylashgan fermada qayd etilgan. Fermada jami 7850 ta tovuq bo‘lgan, ulardan 4500 tasi grippga chalinib, nobud bo‘lgan.

Shahar ma’muriyati epidemiya tarqalishining oldini olish maqsadida fermadan 17 mingta uy parrandalarini olib ketgan. Virusning insonga yuqish holati qayd etilmagan.

Ma’lumot uchun, Xitoyda bir sutka davomida koronavirus tufayli 46 kishi vafot etdi. Shu tariqa mamlakatda mazkur kasallik qurbonlari soni 259 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют