» » Koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarning haqiqiy soni oshkor qilindi

Koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarning haqiqiy soni oshkor qilindi


Gonkong universiteti olimlari Uxandagi koronavirusni aslida necha kishi yuqtirib olganiga oydinlik kiritdi. Bu haqda Science Alert nashri xabar berdi.

Universitet olimlarining baholashlariga ko‘ra, 2020-yilning 25-yanvar holatida koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 75 815 nafarni tashkil etgan. Bu esa rasmiy ravishda e’lon qilingan raqamlardan o‘n baravar ko‘p, — deyiladi xabarda.

Virus tarqalishining haqiqiy manzarasi nazariy modellashtirish asosida olingan.

Tasdiqlangan holatlarning rasmiy songa mos kelmasligi bir necha omillarga bog‘liq, jumladan, infeksiyani yuqtirib olish hamda birinchi alomatlar paydo bo‘lishi o‘rtasidagi muddat, laboratoriya tahlillari orqali inson organizmida 2019-nCoV mavjudligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan vaqt.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, dekabr oyida virus bilan kasallangan har bir kishi 2—3 kishiga kasallikni yuqtirgan bo‘lishi mumkin. Bemorlarning soni har 4—6 kunda ikki baravar ko‘paygan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, epidemiyaning ikkinchi darajali o‘choqlari Uxandan ikki hafta kechikish bilan Xitoyning barcha yirik shaharlarida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Agar baholashlar o‘z tasdig‘ini topsa, koronavirusdan o‘lim darajasi taxmin qilinganidan sezilarli darajada past hamda bir foizdan kamroqni tashkil etadi.

O‘lim darajasining kamligi agar kasallk keng tarqalsa, koronavirusdan vafot etish holatlari ortishiga olib kelishi mumkin. Har yili mavsumiy grippdan 290 000 dan 650 000 nafargacha odam vafot etadi.

Avvalroq Rossiya koronavirusni atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi kasalliklar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar berilgan edi. Hozirda Xitoyda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 361 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinishi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют