» » Xitoyda koronavirusdan 361 kishi vafot etdi. Bu 2000-yillar boshidagi pnevmoniya qurbonlari sonidan ham ko‘proq

Xitoyda koronavirusdan 361 kishi vafot etdi. Bu 2000-yillar boshidagi pnevmoniya qurbonlari sonidan ham ko‘proq


Xitoyda 2019-nCoV koronavirusidan 2002—2003-yillardagi atipik pnevmoniyadan ham ko‘ra ko‘proq odam vafot etdi, deb xabar berdi Meduza.

3-fevral tongidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydagi koronavirus qurbonlari soni 361 nafarga yetdi. Filippinda ham bir kishi ushbu virusdan vafot etgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qayd etishicha, Xitoyda 2002-yilning 1-noyabridan 2003-yilning 31-iyuligacha atipik pnevmoniya tarqalib, uning oqibatida 349 kishi vafot etgandi.

3-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda 17238 kishida koronavirus aniqlangan. Boshqa mamlakatlarda esa virusni yuqtirganlar soni 150 dan ortiq. 480 nafarga yaqin kishi sog‘aygan.

Ma’lumot uchun, Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, bugungi kunga qadar O‘zbekiston fuqarolari orasida infeksiya qayd etilmaganini ma’lum qilgan edi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoydagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Pekindan Toshkentga charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari Pekin aeroportning 2-terminalidan amalga oshirilishini ma’lum qilib, O‘zbekiston fuqarolaridan 3-fevral, dushanba kuni, Pekin shahridaga elchixonaga kelishlarini so‘ragan.

Shuningdek, vazirlik aviaqatnovlar bekor qilingani tufayli Pekin aeroportida qolib ketgan 3 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilib, talabalar bilan aloqa o‘rnatib, muammoni hal qilish bo‘yicha diplomatlar tegishli choralarni ko‘rayotganini e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют