» » Qozog‘istonda 37 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus -20 daraja sovuqda qolib ketdi (video)

Qozog‘istonda 37 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus -20 daraja sovuqda qolib ketdi (video)


Qizilo‘rda—Pavlodar yo‘lining 203-kilometrida 37 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus to‘xtab qoldi, deya xabar bermoqda “Pavlodarnews.kz” viloyat politsiya departamentiga tayanib.

Hodisa 2-fevral, yakshanba kuni, kechqurun sodir bo‘lgan. Novosibirsk—Chimkent yo‘nalishida ketayotgan avtobusdagi nosozlik sababli haydovchi katta yo‘lda to‘xtashga majbur bo‘lgan.

Qayd etilishicha, shu kuni kechasi harorat -20 daraja sovuqqacha tushib ketgan. Voqea joyiga politsiya xodimlari, qutqaruvchilar va “Qozavtoyo‘l” xodimlari yetib kelgan. Barcha yo‘lovchilar Shiderti qishlog‘idagi isinish joyiga olib borilgan. Keyin esa yo‘l-yo‘lakay transportda Qarag‘andaga olib borilgan.

Shu yilning 14-yanvarida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 53 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus nosozlik tufayli to‘xtab qolgandi. 27-yanvarda esa 42 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus qorda qolib ketgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют