» » AQSh Afg‘oniston bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun O‘zbekistonga 1 mln dollar ajratadi

AQSh Afg‘oniston bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun O‘zbekistonga 1 mln dollar ajratadi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3-fevral, dushanba kuni, rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo‘lib turgan AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi.

“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashgan Maykl Pompeo Abdulaziz Komilov bilan ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va O‘zbekiston hayotining barcha jabhalarida barqaror iqtisodiy imkoniyatlarni ta’minlash yo‘llarini muhokama qilganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh yaqinda respublikaga moliyaviy sektor va soliq siyosatining asosiy islohotlari uchun texnik yordam ko‘rsatadi.

Pompeo AQSh O‘zbekistonga kapital bozorini rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatning moliyaviy islohotlariga yordam berish niyatida ekanini ta’kidladi. O‘zbekistonga ushbu maqsadlarda texnik yordam ko‘rsatish uchun 1 million dollar ajratish masalasi Kongress tomonidan ma’qullanishi kutilmoqda.

“Biz bu ishlarni Amerika O‘zbekiston uchun haqiqiy sherik va do‘st bo‘lgani uchun qilmoqdamiz. Biz Amerika xususiy investitsiyalar sektorining xususiy investitsiyalari ikki mamlakat o‘rtasida harakatlanishini istaymiz. Investitsiyalar oqimi barqaror o‘sishiga erishishning yangi ish o‘rinlarini yaratish va farovonlikni oshirishdan boshqa yaxshiroq yo‘li yo‘q”, — deydi Pompeo.

Maykl Pompeo Afg‘onistondagi tinchlik muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muntazam harakatlari uchun o‘zbekistonlik hamkasblariga minnatdorlik bildirdi.

“Shu munosabat bilan AQSh O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-sotiq va aloqalarni kengaytirish uchun 1 million dollar ajratishini mamnuniyat bilan e’lon qilaman.

O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash nafaqat bu yerda yoki Afg‘onistonda, balki butun Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida tinchlik va farovonlikni ta’minlaydi”, — deydi Pompeo.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют