» » Rossiya SSV koronavirusning mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamda tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Rossiya SSV koronavirusning mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamda tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda


Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ayni vaqtda yangi turdagi koronavirus mamlakat hududi bo‘ylab tarqalishining aniq taxminlari yo‘qligini, biroq uning keng ko‘lamda tarqalishiga qarshi tayyorgarlik ko‘rish lozimligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Biz mazkur infeksiyaning yurtimiz bo‘ylab qay yo‘sinda tarqalishini oldindan bashorat qila olmaymiz, chunki bizda matematik modelga kiritishimiz kerak bo‘lgan aniq koeffitsiyentlar mavjud emas. Ammo bu bizning xotirjam o‘tirishimizga sabab bo‘la olmaydi, biz baribir infeksiyaning keng tarqalishiga tayyor turishimiz kerak”, — deydi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Sergey Krayevoy.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-fevral kuni Xitoyda tarqalgan koronavirus sabab rossiyalik fuqarolar qayerga evakuatsiya qilinishini e’lon qilgandi. Bugundan u yerda tibbiyot xodimlarini o‘qitish uchun mutaxassislar yuboriladi.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Xitoydagi fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari 2-fevraldan boshlangan. Hozirda Xitoydagi Rossiya fuqarolarning soniga aniqlik kiritilmoqda. “Bular nafaqat Rossiya fuqarolari, balki qo‘shni MDH davlatlari, xususan, Ukraina, Belarus, Armaniston, Tojikiston fuqarolari ekanligi haqida xabarlar bor”, — deydi Krayevoy.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusdan 425 kishi vafot etdi, 20 mingdan ortiq kishi virusni yuqtirib oldi

Eslatib o‘tamiz, Xitoydan olib kelinadigan O‘zbekiston fuqarolari Toshkent shahri va viloyatidagi maxsus tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi.

O‘zbekiston fuqarolarini Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelish uchun charter reyslar tashkil etildi. Ushbu charter reyslarning dastlabkisi 4, 5-fevral kunlari amalga oshiriladi. O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reys Uxandan bepul, Pekindan esa pulli bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют