» » Tailand hukumati tibbiyot spirti va niqoblar narxini nazoratga oldi

Tailand hukumati tibbiyot spirti va niqoblar narxini nazoratga oldi


Tailand hukumati jarrohlik niqobi, tibbiyot spirti va dezinfeksiyalovchi spirt mahsulotlarining narxini davlat tomonidan nazorat qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi, deb xabar beradi Bangkok Post.

Bunga koronavirus sabab ushbu tovarlarga bo‘lgan talabning ortib ketgani sabab bo‘lgan.

Endilikda niqoblar, tibbiyot spirti va dezinfeksiyalovchi spirt mahsulotlari 1999-yilda maxsus ro‘yxatdan o‘rin olgan iste’mol tovarlarini nazorat qilish to‘g‘risida qabul qilingan qonun bilan nazorat qilinadi. Ularning narxini oshirganlar yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi yoki 4,5 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, maxsus ro‘yxatdan benzin, dizel yoqilg‘isi va boshqa turdagi muhim neft mahsulotlari ham o‘rin olgan.

Mavzuga doir: Xitoydan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar Toshkent shahri va viloyatidagi maxsus jihozlangan kasalxonalarga joylashtiriladi

Eslatib o‘tamiz, 3-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda 17 238 nafar kishida koronavirus aniqlanib, umumiy hisobda 361 kishi vafot etgan. Bu atipik pnevmoniya qurbonlari sonidan ham ko‘proq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qayd etishicha, Xitoyda 2002—2003-yillarda tarqalgan atipik pnevmoniya 349 kishini hayotiga nuqta qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют