» » Pekin ma’muriyati tibbiyot niqoblari narxini oshirgan dorixonachilarni jarimaga tortmoqda

Pekin ma’muriyati tibbiyot niqoblari narxini oshirgan dorixonachilarni jarimaga tortmoqda


Pekin bozorni nazorat qilish va tartibga solish boshqarmasi mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan tibbiyot niqobining narxini oshirgan dorixonalardan biriga uch million yuan, ya’ni 432 ming dollar jarima soldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Boshqarma 23-yanvardan boshlab medikamentlar, oziq-ovqat mahsulotlari, himoya vositalari, jumladan, niqoblar, dezinfeksiya vositalarining narxini sun’iy ravishda oshirish, narx siyosatini buzish holatlarini aniqlash yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazmoqda.

23-yanvardan hozirga qadar narx siyosatini buzganlik bilan bog‘liq 31 ta ish qo‘zg‘atilgan, ulardan 15 tasi 28-yanvar kuni qayd etilgan.

Fentay tumanidagi “Jimin Kangtai” dorixonasi tibbiyot niqobining narxini olti baravargacha oshirgani aniqlandi. Boshqarma dorixonaga uch million yuan miqdorida jarimaga tortilishi haqida xabarnoma jo‘natgan.

Poytaxt ma’muriyati aholidan ogoh bo‘lishni, agarda do‘kon va dorixonalarda narxlar oshirilganining guvohi bo‘lsa, tegishli tashkilotlariga murojaat qilishni so‘ramoqda.

O‘tgan hafta boshidan buyon Xitoy poytaxtining do‘konlari va dorixonalarida virusga qarshi preparatlar bilan birga himoya niqoblari ham tugab qolgani kuzatildi.

Pekinda yangi turdagi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari aniqlanganidan keyin odamlar niqoblarni ko‘p miqdorda sotib olishni boshladi. Umumiy vahima fonida ba’zi tadbirkorlar narxlarni ko‘tarish orqali talab ortgan  mahsulot ustidan qo‘shimcha pul topishga qaror qildi, ammo rasmiylar bu harakatlarga tezda javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni olti mingdan ortib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют