» » Qashqadaryoda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Qashqadaryoda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yashovchi S.X. IIB tergov bo‘limi boshlig‘iga pora taklif qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova ma’lum qilmoqda.

2020-yil 2-fevral kuni Kasbi tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirda “Xo‘jahayron” mahallasi Boylar ko‘chasida yashovchi fuqaro S.X.ning yashash uyidagi somonxonadan qo‘lbola usulda yasalgan moy juvoz uskunasi chiqqan. Aniqlanishicha, fuqaro qo‘lbola juvoz yordamida chigitdan yog‘ va shrot yemi ishlab chiqargan.

Fuqaro S.X. mazkur qilmishi fosh bo‘lmasligi uchun tuman IIBning tergov bo‘limi boshlig‘iga pora taklif qilgan. Tergov bo‘limi boshlig‘i mayor Alisher Muhammadiyev esa 2020-yil 3-fevral kuni bu haqda rahbariyatga ma’lum qilib, fuqaro S.X. pora taklif qilayotganini bildirgan.

Viloyat IIBning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Kasbi tumani bo‘limi va Kasbi tumani prokuraturasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.X. 7,5 million so‘m pul va 200 AQSh dollarini mayor A.Muhammadiyevning xizmat xonasida berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют