» » Bortida 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan samolyot Pekindan Toshkentga uchib kelmoqda

Bortida 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan samolyot Pekindan Toshkentga uchib kelmoqda


Uzbekistan Airways aviakompaniyasining samolyoti Pekindan yo‘lovchilar bilan bugun mahalliy vaqt 17:05 da Toshkent aeroportiga yetib keladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyotda 250 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.

Oldin xabar qilinganidek, kelganidan keyin yo‘lovchilar vaqtincha yashash markaziga yuboriladi.

“Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savollar bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling: +998 (71) 276-49-66”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Xitoydan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar Toshkent shahri va viloyatidagi maxsus jihozlangan kasalxonalarga joylashtiriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют