» » Moskvadan Farg‘onaga uchayotgan samolyot bortida o‘zbekistonlik yo‘lovchi vafot etdi

Moskvadan Farg‘onaga uchayotgan samolyot bortida o‘zbekistonlik yo‘lovchi vafot etdi


Moskvaning Domodedovo aeroportidan Farg‘onaga uchayotgan samolyot yo‘lovchining o‘limi sababli Samarada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Domodedovo—Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha SVR2419 reysini bajargan samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘ligi yomonlashgani sababli Samaradagi “Kurumoch” aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Shifokorlar samolyot bortiga yetib kelganda, yo‘lovchi vafot etib bo‘lgandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan yo‘lovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Uning o‘limiga o‘pkadagi shish bilan kuzatilgan infarkt sabab bo‘lgan.

Avvalroq, 6-noyabr kechki vaqt Pekindan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti Xitoyning Lanchjou shahridagi aeroportga favqulodda qo‘ngani haqida xabar berilgan edi. Samolyot yo‘lovchilardan 5 nafari — O‘zbekistonning 3 fuqarosi hamda Rossiyaning 2 fuqarosi sog‘ligi yomonlashgan. Yo‘lovchilarga samolyot qo‘nganidan keyin birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular shahar klinik shifoxonasiga joylashtirilgan. Shundan keyin samolyot 7-noyabr ertalab Toshkentga uchib ketgan.

Mavzuga doir: Pekindan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti Xitoy aeroportiga favqulodda qo‘ndi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют