» » “Moskva—Pxuket” bo‘yicha uchgan Boeing mast yo‘lovchi sabab Toshkentga qo‘ndi

“Moskva—Pxuket” bo‘yicha uchgan Boeing mast yo‘lovchi sabab Toshkentga qo‘ndi


17-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da “Moskva—Pxuket” (Tailand) yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyot Toshkentda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” Telegram-kanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Moskva—Pxuket” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilgan Nordwind Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777-21B samolyoti yo‘lovchilardan birining xatti-harakatlari sabab Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, bortda janjal ko‘targan erkak mast holatda bo‘lgan. Yo‘lovchi huquq-tartibot organlariga topshirilgan va zaruriy jarayonlar yakunlangach, bort Pxuket yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent vaqti bilan 02:00 da uchib ketgan.

Esatib o‘tamiz, 15-oktabr kuni Farg‘onadan Moskvaga parvoz payti yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani uchun samolyot Samarada favqulodda qo‘ngan edi. 17-oktabr kuni esa Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani sababli Qozon shahridagi aeroportga shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют