» » Moskvadan Dushanbega uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Moskvadan Dushanbega uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi


Moskvadan Dushanbega uchayotgan “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining A320 samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” O‘zbekiston poytaxti aeroporti vakiliga tayangan holda xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot qo‘nishi kerak bo‘lgan Dushanbe aeroportida momaqaldiroq bo‘lgani sababli samolyot soat 6:10 (Moskva vaqti bilan 4:10)da Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Samolyot Dushanbega Moskva vaqti bilan soat 4:00 da yetib borishi kerak edi. Xabarda aytilishicha, samolyot Toshkent vaqti bilan soat 10:45 da parvozni davom ettirib, Toshkentdan Dushanbega yo‘l olgan.

Bundan avval Moskvadan Tojikistonning Ko‘lob shahriga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ngani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют