» » Airbus, Boeing va Safran kompaniyalarining Xitoydagi zavodlari yopildi

Airbus, Boeing va Safran kompaniyalarining Xitoydagi zavodlari yopildi


Airbus kompaniyasi 5-fevral, chorshanba kuni, Xitoydagi zavodini yopdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, Tyanszindagi zavodning ishi qayta boshlamaslikka qaror qilingan. Kompaniyaning ofisda ishlovchi xodimlari esa o‘z ishlarini Xitoy hukumati talabiga muvofiq uylaridan davom ettiradi.

Tyanszindagi zavod bir oyda oltitagacha A320 samolyotini ishlab chiqaradi. Bu kompaniyaning bir yilda ishlab chiqariladigan barcha kichik fyuzelyajli samolyotlarining taxminan 10 foizini tashkil qiladi. Zavodning yopilishi kompaniya uchun og‘riqli bo‘ladi, chunki bu kompaniya kichik fyuzelyajli samolyotlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishga urinayotgan bir vaqtda yuz bermoqda. Avvalroq kompaniya rahbari Giyom Fori kichik fyuzelyajli samolyotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq vaziyatni 2021-yildagina barqarorlashtirish mumkinligini ma’lum qilgan.

Keyingi haftaga qadar Chjoushandagi Boeing kompaniyasining zavodi hamda Fransiyaning Safran kompaniyasiga qarashli samolyotlar uchun dvigatellar ishlab chiqaruvchi zavod yopiladi.

Avvalroq Xitoyda o‘z ishini to‘xtatish haqida General Motors, Toyota, Volkswagen avtomobil ishlab chiqaruvchilari ma’lum qilgan edi. O‘z navbatida, Hyundai kompaniyasi Janubiy Koreya hududidagi yettita zavodini yopishga majbur bo‘ldi. Bu kompaniyaning dunyo bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarining 40 foizini tashkil qiladi. Mazkur zavodlar ishining to‘xtashiga koronavirus sababli Xitoydan yetkazib beriladigan butlovchi qismlarning yetishmasligi sabab bo‘lgan.

Avvalroq Apple, Huawei, Xiaomi va Lenovo koronavirus tufayli Rossiyaga smartfonlar yetkazilishini kechiktirgani xabar qilingan edi. Apple esa Xitoydagi do‘konlarini yopdi. Shuningdek, Google kompaniyasi ham Xitoydagi ofislarini vaqtincha yopishga qaror qilgan.

Mavzuga doir: Disney kompaniyasi koronavirus sabab 175 mln dollar zarar ko‘rishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют