» » Koronavirus qurbonlari soni 500 kishidan oshdi

Koronavirus qurbonlari soni 500 kishidan oshdi


Xitoyda tarqalgan koronavirusdan vafot etganlar soni 565 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “RBK” South China Morning Post’ga tayanib.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning o‘zida 563 kishi vafot etgan, ya’ni kechagidan 70 kishiga ko‘pdir. Mamlakat hududidan tashqariga yangi qurbonlar yo‘q. Avvalroq Gonkongda ham va Fillipinda ham bir kishi vafot etgani xabar berilgan edi.

Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab koronavirusdan kasallanganlar soni 28 ming kishidan oshib ketdi. Bunda bemorlarning 911 nafari tuzalib ketgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2019-nCoV virusiga qarshi ta’sir ko‘rsata oladigan dori vositalari hozircha mavjud emasligi, lekin kasallikka chalinganlarning ko‘p qismi undan vafot etmay, ular muolajalar yordamida shifo topayotganini ma’lum qilgandi. Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 124) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют