» » Messi “Barselona”dan ketishi mumkin. “Inter”, PSJ va Manchester klublari unga xaridor

Messi “Barselona”dan ketishi mumkin. “Inter”, PSJ va Manchester klublari unga xaridor


“Manchester Siti” hujumchi Lionel Messining “Barselona” rahbariyati bilan keskin munosabatlaridan unumli foydalanib qolmoqchi.

“Shaharliklar” 32 yoshli futbolchi “Barselona”ni tark etishni istab qolsa, uni qo‘lga kiritishga tayyor, deya xabar qilmoqda ESPN.

Messining katalonlar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq kelishuvga ko‘ra, argentinalik futbolchi 2020-yilning yozidayoq erkin agent maqomini olish imkoniyatiga ega.

“Manchester Siti” Messini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Manchester shahri klubida faoliyat yuritayotgan Chiki Begiristayn (sport direktori), Ferran Soriano (boshqaruvchi) va jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Messi bilan “Barselona”da birga ishlagan.

Ta’kidlanishicha, “Siti” Messiga yiliga 50 million funt maosh to‘lay oladigan sanoqli klublardan biri hisoblanadi.

La Gazzetta dello Sport’ning xabar qilishicha, Messiga shuningdek, “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Inter” va PSJ jamoalaridan ham qiziqish bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi va “Barselona” sport direktori Erik Abidal o‘rtasida kelishmovchilik chiqqani xabar qilingandi. Messiga Abidal “Barselona” sobiq ustozi Ernesto Valverdening iste’foga chiqarilishida ba’zi futbolchilarni aybdor qilib ko‘rsatgani yoqmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют