» » Andijonda bekatdagi dahanaki tortishuv tan jarohati yetkazish bilan yakunlandi

Andijonda bekatdagi dahanaki tortishuv tan jarohati yetkazish bilan yakunlandi


Joriy yilning 27-yanvar kuni soat 22:30 atrofida Andijon tumani “Daryo bo‘yi” mahallasidan o‘tuvchi avtomobil qatnov yo‘li yoqasidagi bekat oldida 20 yoshli O.O. tanishi 24 yoshli M.H. bilan o‘zaro gap tortishib, janjallashadi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

O.O. janjal vaqtida M.H.ning yuz qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazadi. Natijada M.H. bosh qismidan jiddiy jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют