» » Noma’lum kimsa Ferrari’da Moskvadagi savdo markazi ichida poyga uyushtirdi

Noma’lum kimsa Ferrari’da Moskvadagi savdo markazi ichida poyga uyushtirdi


Noma’lum kimsa 9-aprel kuni Moskvadagi “Vesna” savdo markazi ichida Ferrari avtomobilida poyga uyushtirdi. Ushbu hodisa aks etgan video YouTube’da e’lon qilindi.

“360” nashrining ma’lum qilishicha, voqea savdo markazi yopilishiga 10 daqiqa qolganida sodir bo‘lgan. Qo‘riqchilardan birining aytishicha, haydovchi avtomobilni savdo majmuasi ichiga yuk ortish maydonchasidan olib kirgan. Mashinada Synergy Insight Forum yozuvi aks etganini ko‘rish mumkin.

Xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri mashinani to‘xtatishga harakat qilayotganida jarohat olgani ta’kidlamoqda.

Ferrari haydovchisi 20 daqiqadan keyin qo‘lga olindi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni virusli rolik deb hisoblamoqda.

Avtoulov ichida kim bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют