» » Namanganda Umraga otlangan 90 yashar onaxonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi

Namanganda Umraga otlangan 90 yashar onaxonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi


Namanganda Umraga otlangan 90 yashar onaxonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Chortoq tumanining Hazratishoh qishlog‘i Namangan viloyati markazidan 70, tuman markazidan esa 50 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mazkur qishloqda yashovchi fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida Chortoq tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan muntazam ravishda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Qishloqning tabarruk onaxonlaridan biri Ayimxon Masharipova bu yil Umra safari uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yo‘qligi bois davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi.

Murojaat Chortoq tumani FHDYo bo‘limi tomonidan tezkorlik bilan hal etildi. Davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan birgalikda salkam 90 yoshni qarshilagan onaxonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют