» » Rossiyada Utair aviakompaniyasining Boeing samolyoti og‘ir qo‘nishni amalga oshirdi. Talafot ko‘rganlar yo‘qligi aytilmoqda

Rossiyada Utair aviakompaniyasining Boeing samolyoti og‘ir qo‘nishni amalga oshirdi. Talafot ko‘rganlar yo‘qligi aytilmoqda


Utair aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Komi respublikasidagi Usinsk shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida havo kemasining dum qismi uchish-qo‘nish maydonchasiga urilgan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Rosaviatsiya favqulodda vaziyat ushbu qo‘nish shassisidagi muammolar tufayli yuz berganini ma’lum qilgan. Tergov qo‘mitasi tergovga qadar tekshirish ishlarini boshlagan.

Xabarga ko‘ra, Moskvadan reysni amalga oshirgan samolyot jiddiy talafot ko‘rgan. Bortida 94 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyotning ekipaji ham, passajirlari ham sog‘-omon.

Bir nafar yo‘lovchi kichik jarohat sabab shifokorlarga shikoyat qilgan, deb yozgan “TASS”.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют