» » La Liga. “Barselona” 5 ta gol urilgan bahsda “Betis”ni bazo‘r mag‘lub etdi (video)

La Liga. “Barselona” 5 ta gol urilgan bahsda “Betis”ni bazo‘r mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 23-turida “Barselona” 9-fevral, yakshanba kuni “Betis” maydonida mehmon bo‘ldi va qiyin g‘alabaga erishdi.

Katalonliklar safida Frenki de Yong, Serxio Buskets va  Kleman Langle o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ydi. E’tiborlisi “Barselona”ning uchta goliga ham Lionel Messi assistentlik qildi. Maydon egalarining gollariga Serxio Kanales va Nabil Fekir muallif bo‘ldi.

Bundan tashqari, jamoalar o‘yinni kamchilikda yakunlashga majbur bo‘ldi. “Betis” safida Fekir maydondan chetlatilgan bo‘lsa, mehmonlar himoyachisi Langle ham qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Barselona” 49 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Real”dan uch ochko ortda qolgan.

La Liga

23-tur bahslari

9-fevral, yakshanba

Gollar: 0:1 — 23 En-Nesiri, 1:1 — 78 Aspas, 2:1 — 90+1 Sisto.

Gollar: 1:0 — 6, penalti Kanales, 1:1 — 9 de Yong, 2:1 — 26 Fekir, 2:2 — 45 Buskets, 2:3 — 72 Langle.

“Betis”: Robles, Mandi, Bartra, Emerson, Moreno, Vilyam Karvalyu (Xoakin, 70), Kanales, Alenya, Rodriges (Telo, 86), Fekir, Iglesias (Moron, 62).

“Barselona”: ter Shtegen, Umtiti, Langle, Firpo (Alba, 57), Serxi Roberto, Vidal (Artur, 57), Buskets, de Yong, Semedu, Grizmann (Rakitich, 89), Messi.

Ogohlantirishlar: Langle (5), Serxi Roberto (29), Vidal (32), Emerson (36), Mandi (45), Buskets (57), Rodriges (72), Fekir (76).

Chetlatishlar: Fekir (76), Langle (79).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 03:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют