» » O‘zbekistonlik yigit 300 dan ortiq tibbiy niqoblarni Qirg‘izistondan noqonuniy olib chiqishga urindi

O‘zbekistonlik yigit 300 dan ortiq tibbiy niqoblarni Qirg‘izistondan noqonuniy olib chiqishga urindi


Qirg‘izistondagi “Madaniyat” nazorat-o‘tkazish punktidagi chegarachilar tibbiy maqsaddagi buyumlarni noqonuniy olib o‘tishga uringan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati matbuot xizmatiga tayanib, KNews xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qarab yo‘l olgan 2000-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi O.A.ning qo‘l yukini ko‘zdan kechirish vaqtida 300 dan ortiq tibbiy niqob topilgan. Buyumlarning tegishli hujjatlari bo‘lmagan.

Qirg‘iziston hukumatining 3-fevraldagi qaroriga binoan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni Qirg‘iziston hududidan olib chiqishga 6 oy muddatga vaqtincha taqiq qo‘yilgan bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, O.A. Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют