» » Qo‘shni davlatlardan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish muddati 15-martga qadar uzaytirildi

Qo‘shni davlatlardan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish muddati 15-martga qadar uzaytirildi


O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan va o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarga ko‘chirish istagini bildirgan talabalarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat etilgan edi.

Mavzuga doir: Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish tartibi qanday? Vazirlik eng ko‘p berilayotgan savollarga javob qaytardi

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati 2020-yil 15-martga qadar uzaytirildi.

Ma’lum qilinishicha, respublikaning barcha hududlaridagi bittadan oliy ta’lim muassasasida hududiy ishchi guruhlari tashkil etilgan.

O‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabgorlar 2020-yil 15-martga qadar doimiy yashash hududida tashkil etilgan ishchi guruhga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, fuqarolar tomonidan zarur hujjatlar hududiy ishchi guruhlarga to‘g‘ri va to‘liq holatda taqdim etilganda, so‘zsiz qabul qilinadi. O‘qishni ko‘chirishda hech qanday imtihon o‘tkazilmaydi.

Vazirlik fuqarolarni o‘z xizmatlarini taklif qiladigan ayrim firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют