» » O‘zbekistonda “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqiladi


O‘zbekistonda 2020-yil 1-sentabrga qadar kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida qayd etilgan.

Xususan, 2020–2023-yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiyani ishlab chiqish taklif etilmoqda. U milliy virtual makonda jinoyatchilikka qarshi kurashishni tartibga solish, kiber hujumlardan muhim infratuzilmani himoya qilishning yagona kiberxavfsizlik tizimi va huquqiy asoslarini yaratish, mamlakatda kiberxavfsizlik choralarini mustahkamlashni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilishi kutilmoqda. Unda kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat organlari, korxona va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlari belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют