» » Video: O‘zbekistonlik 33 yoshli ayol peterburglik 67 yoshli “sevgilisi”dan 47 ming dollar o‘g‘irlab ketdi

Video: O‘zbekistonlik 33 yoshli ayol peterburglik 67 yoshli “sevgilisi”dan 47 ming dollar o‘g‘irlab ketdi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Primorskiy tumanida uch million rubl (47 ming dollar atrofida) bo‘lgan seyfni o‘g‘irlaganlikda gumonlanayotgan 33 yoshli o‘zbekistonlik Muhayyo ismli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘g‘rilik 2019-yilning dekabr oyida sodir etilgan.

67 yoshli peterburglik erkak tanishuvlar saytida 33 yoshli o‘zbekistonlik Muhayyo bilan tanishib qoladi va uni uyiga taklif qiladi. Kunlardan bir kun Muhayyo “sevgilisi”ning uch million rubl saqlanayotgan seyfini o‘g‘irlab ketadi.

Peterburglik erkak bu pullarni tadbirkorlik qilish uchun bankdan olgan edi. U Muhayyoning qaytishini ikki oycha kutadi. Lekin “sevgilisi”dan darak bo‘lmagach, politsiyaga shikoyat qilishga qaror qiladi. Muhayyo Savushkina ko‘chasidagi kvartiradan seyfni olib chiqib ketayotgani kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Shu sababli u tezda qo‘lga olingan.

Muhayyo pullarning bir qismini uyiga jo‘natgan, bir qismini esa ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

O‘g‘rilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют