» » Oliy sud IIB xodimi tomonidan kaltaklangan andijonlikning sudiga jurnalistlarning kiritilmagani bilan bog‘liq holatga izoh berdi

Oliy sud IIB xodimi tomonidan kaltaklangan andijonlikning sudiga jurnalistlarning kiritilmagani bilan bog‘liq holatga izoh berdi


Andijonlik Jasurbek Hamroqulov Andijon shahar 6-son IIB profilaktika inspektori Sardor Abdumannopov tomonidan 2019-yil 11-sentabr kun IIB binosida kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot bergan edi.

O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7-fevral kuni “Sevimli” telekanali orqali fuqaro Jasurbek Hamroqulov ishiga oid sud jarayoni boshlangani haqida ko‘rsatuv namoyish etilgan. Ko‘rsatuvda muallif, “Sevimli” telekanalining Andijon viloyati bo‘yicha muxbiri G. Rustamova tomonidan jurnalistlarning sud zaliga qo‘yilmaganligi ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, Jasurbek Hamroqulov ichki ishlar inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, qarshilik ko‘rsatgani, jamoat joyida hech bir sababsiz o‘ziga notanish bo‘lgan fuqarolarning tinchligini buzib, fuqaro O. Boltaboyevaning yuziga urib, jarohat yetkazgani, bezorilik jinoyatini sodir etgani holati yuzasidan unga nisbatan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Oliy sudning ma’lum qilishicha, Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi, 277-moddasi 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan Jasurbek Hamroqulovga oid jarayon jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudining ish yurituviga 2020-yil 23-yanvar kuni kelib tushgan. Sudning 2020-yil 29-yanvardagi qarori bilan jinoyat ishini sud majlisida ko‘rib chiqish 2020-yil 7-fevral kuni soat 14:00 ga tayinlanib, sudlanuvchi, jabrlanuvchilar va taraflarga ma’lum qilingan.

Sudlanuvchining sud majlisiga kechikib, belgilangan vaqtdan ikki soat o‘tib, soat 16:00 da yetib kelgani sababli, ishni ko‘rish 2020-yil 7-fevral kuni soat 16:05 da boshlangan. Sudlanuvchi, jabrlanuvchilar va taraflardan OAV vakillarini jalb qilish haqida iltimosnoma kelib tushmagani hamda raislik qiluvchining xabari bo‘lmagani uchun sudda sudlanuvchi, jabrlanuvchilardan O. Boltaboyeva so‘roq qilinib, ish vaqti tugagani uchun ishni ko‘rish boshqa kunga qoldirilib, tanaffus e’lon qilingan.

Oliy sud tomonidan qayd etilishicha, “Sevimli” telekanali orqali namoyish etilgan telelavhada ta’kidlanganidek, 7-fevral kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sud majlisiga jurnalistlarning kiritilmagani masalasi o‘rganilganida, sud raisiga sud jarayonini tasvirga olish, jurnalistlarning ishtirok etishi bo‘yicha yozma murojaat yoki iltimosnoma kelib tushmagan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasida “…sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi, bu haqda tegishli ajrim chiqariladi” deb belgilangan.

Oliy sudning qo‘shimcha qilishicha, sud jarayonini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillari ariza yoki iltimosnoma bilan sud raisiga yozma murojaat qilishi, ularning sud ishini tasvirga olish masalasi sud raisi tomonidan mustaqil hal etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют