» » Antarktidada havo harorati ko‘tarilib, tarixda birinchi bor +20 darajaga yetdi

Antarktidada havo harorati ko‘tarilib, tarixda birinchi bor +20 darajaga yetdi


Braziliyalik olimlar birinchi bor Antarktidada havo harorati +20,75 daraja Selsiyga yetganini qayd etdi, deb xabar beradi The Guardian.

Bu kabi harorat 9-fevral kuni Seymur orolida qayd etilgan. Olimlar ushbu holatni “aql bovar qilmas va anomal” deb atamoqda.

Rekord ko‘rsatkich 1982-yilning yanvarida Signyu orolida qayd etilgan havo haroratidan deyarli bir darajaga yuqori. O‘shanda havo harorati 19,8 daraja issiqqa yetgan edi.

The Guardian’ning ta’kidlashicha, olingan ma’lumotlar hozircha Jahon meteorologiya tashkiloti tomonidan tasdiqlanmagan.

Antarktidadagi haroratning ko‘tarilishi dunyodagi eng katta toza suv omboridagi muzlarning erishini tezlashtirib yuborishi mumkin — u yerda 60 foizgacha suv qor va muz shaklida mavjud.

Mavzuga doir:

Avvalroq olimlar o‘tmishga “nazar tashlab”, Antraktida muzliklariga oid 1970-yillarda magnit tasmasiga yig‘ilgan radar ma’lumotlari orqali qit’a muzliklari yanada jadalroq eriyotganini aniqlagani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют