» » Hindistonlik erkak xatolik bilan o‘ziga koronavirus tashxisini qo‘ydi va oilasiga yuqtirmaslik uchun o‘zini o‘ldirdi

Hindistonlik erkak xatolik bilan o‘ziga koronavirus tashxisini qo‘ydi va oilasiga yuqtirmaslik uchun o‘zini o‘ldirdi


Hindistonning Anxra-Pradesh shtatida yashovchi 50 yoshli erkak o‘ziga koronavirus yuqqanini taxmin qildi va oilasiga zarar yetkazmaslik uchun o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Fermer Bala Krishna tez-tez mobil telefonida koronavirusning tarqalishi haqidagi videolarni tomosha qilgan va bir kuni o‘zida shamollash alomatlarini sezgan. Bir necha kundan keyin u o‘ziga koronavirus tashxisini qo‘ygan va kasalxonaga murojaat qilgan. Kasalxonada unga isitma chiqaruvchi virus yuqqani aytilgan.

Hindistonda ushbu kasallik bilan bog‘liq uchta holat qayd etilgan va ularning hech biri Anxra-Pradesh shtatida bo‘lmagan. Shifokorlar erkakni unda koronavirus yo‘qligiga ishontirishga uringan, biroq u shifokorlarga ishonmagan.

9-fevral, yakshanba kuni, Krishna barcha oila a’zolarini undan uzoq turishi haqida ogohlantirgan. Oila a’zolari unga yaqinlashmoqchi bo‘lganida, erkak ularga tosh otgan.

Erkak 11-fevral, seshanba kuni, oilasini uyiga qamagan, mahalliy qabristonga borib, onasining qabri yonida o‘z joniga qasd qilgan.

Marhumning o‘g‘li aytishicha, agar kimdir o‘z vaqtida chora ko‘rganida otasi tirik qolgan bo‘lardi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u otasining ruhiy holati haqida ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan, ammo uning murojaati e’tiborsiz qoldirilgan.

Mavzuga doir: Koronaviruslarning manbai ko‘pincha ko‘rshapalaklar bo‘lgan. Nega?

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 63 ming kishidan oshib ketdi. Koronavirus tarqalishidan eng ko‘p Yaponiyada xavotir olishayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют