» » Yamandagi isyonchi xusiylar Saudiya Arabistoni chegarasida harbiy samolyotni urib tushirdi

Yamandagi isyonchi xusiylar Saudiya Arabistoni chegarasida harbiy samolyotni urib tushirdi


Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi va Yaman shimolini nazorat qilayotgan isyonchi xusiylar Saudiya Arabistoni chegarasida harbiy samolyotni urib tushirdi, deb xabar beradi Reuters.

Isyonchi xusiylarning rasmiy vakili Yahyo Sarianing ma’lum qilishicha, dushman kuchlariga tegishli samolyot havo—yer turiga kiruvchi raketa yordamida urib tushirilgan. Hozircha halok bo‘lgan va jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q. Saudiya Arabistoni harbiylari ham halokatni tasdiqlaganicha yo‘q.

Mavzuga doir: BMT 2019-yili Saudi Aramco’ga uyushtirilgan hujumga xusiylarning aloqasi yo‘q deb hisoblaydi

Yanvar oyida xusiylar Saudiya Arabistonidagi Saudi Aramco neftni qayta ishlash obyektlariga raketa zarbalarini amalga oshirganini ma’lum qilgandi. O‘tgan yilning sentabrida ham Saudi Aramco hujumga uchragandi. O‘shanda ham hujum bo‘yicha mas’uliyatni xusiylar o‘z zimmasiga olgan, biroq AQSh bunda Eronni ayblagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют