» » Chilonzorda “Vaz 2106” va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda “Vaz 2106” va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi


Haydovchining qoidabuzarligi hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmati.

16-fevral kuni soat 08:10 larda Chilonzor tumani Do‘mbirobod ko‘chasi “Qurilish mollari” bozori qarshisida Chilonzor tumanida yashagan M.A. “Vaz 2106” rusumli transport vositasida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi Sh.A. boshqaruvida bo‘lgan Isuzi rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida “Vaz-2106” rusumli transport vositasi haydovchisi M.A. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Avvalroq Sergeli tumanida yuz bergan avariya uch kishini hayotdan olib ketgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2020, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют