» » Samarqandda aliment to‘lamagan ona 6 sutkaga qamaldi

Samarqandda aliment to‘lamagan ona 6 sutkaga qamaldi


Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashovchi G.Sh. 2 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pulini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun 6 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo” Paxtachi tuman Ma’muriy sudi raisi U.Habibov ma’lum qilmoqda.

Aytilishicha, qarzdor ona 2019-yilning mart oyidan ayni kunga qadar ikki nafar voyaga yetmagan farzandi uchun 6 million 266 ming 484 so‘m pulni to‘lamagan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 2018-yilning 7-avgustdagi qaroriga asosan, G.Sh. ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun ular voyaga yetgunga qadar har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida undiruvchi N.A.ning foydasiga aliment to‘lashi belgilangan.

Paxtachi tuman Ma’muriy sudining 2019-yil 25-fevral kunidagi qaroriga ko‘ra, G.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Mazkur yuritilgan ish O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasi 10-bandiga asosan harakatdan tugatilib, G.Sh. ma’muriy javobgarlikdan ozod etilgan.

Huquqbuzar G.Sh. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 6 sutka ma’muriy qamoq jazosi bilan birga, ma’muriy qamoqda saqlangan har bir kuni uchun davlatga eng kam oylik ish haqining 15 foizidan to‘lab boradigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют