» » Deputat Alisher Qodirov “meni saylamagansiz” degan kommentini o‘chirib tashladi

Deputat Alisher Qodirov “meni saylamagansiz” degan kommentini o‘chirib tashladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari — parlamentdagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Oltinsoydagi voqealar yuzasidan qoldirgan posti ostidagi ziddiyatli kommentni o‘chirib tashladi.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi “Xalqobod” mahallasida 14-fevral kuni aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan, oqibatda bir fuqaro va ikki nafar ichki ishlar xodimi tan jarohati olgan edi. Ushbu hodisaga munosabat bildirarkan, deputat Alisher Qodirov uni “bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qo‘pol qonun buzilishi” deb atagan va “ushbu jinoyat... aybdorlariga keskin jazo belgilanishi kerak”ligini takidlagan edi.

Mavzuga doir: “Mendan hech narsa kutmang, meni saylamagansiz”. Deputat Alisher Qodirov Oltinsoydagi “bebosh fuqarolarni keskin jazolash”ni talab qildi

Uning shu mazmundagi posti Facebook’da muhokamalarga sabab bo‘lgani, xususan, foydalanuvchilardan birining: “Sizdan nima kutish mumkin? Xalqni ayblash oson. Haqiqiy deputatlar saylanmaguncha, shu ahvol”, degan kommentiga javoban: “Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang. Siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz... saylamasangiz ham mayli”, mazmunida qoldirgan javobi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, deputat aynan shu kommentini Facebook’dan o‘chirib tashlagan (ammo skrinshotlar qolgan va ular ijtimoiy tarmoqlarda aylanishda davom etmoqda). “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi matbuot xizmatidan “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishlaricha, partiya rahbari hisoblangan Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga postlarni o‘zi qo‘yadi va kommentlarga ham shaxsan o‘zi javob qaytaradi.

Mavzuga doir: “Hokimiyatning kuchi yana o‘sha himoyasiz, aldangan fuqarolarga yetayapti, xolos”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют