» » Xubeyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1,8 ming kishiga yaqinlashdi

Xubeyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1,8 ming kishiga yaqinlashdi


Xitoyning Xubey provinsiyasida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 1789 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash mintaqaviy komissiyasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 17-fevral kuni koronavirus oqibatida 1807 kishida pnevmoniya aniqlangan bo‘lib, ularning aksariyati Uxan shahridan.

O‘tgan bir sutka davomida koronavirus oqibatida 93 kishi vafot etgan. Kasallikdan davolangan 1223 kishiga tibbiyot muassasalaridan javob berilgan.

Xubey provinsiyasida virusni yuqtirib olganlar soni jami 59 989 kishini tashkil etmoqda, davolanishga muvaffaq bo‘lganlar esa 7862 kishiga yetdi. Hozirda 41 957 kishi mutaxassislar nazorati ostida bo‘lib, ulardan 9117 nafarini ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Mavzuga doir:

Avvalroq Xitoyda koronavirusni yuqtirib olganini yashirganlarga o‘lim jazosi qo‘llanilishi ma’lum qilingan edi. Infeksiyaning tarqalishiga yo‘l qo‘ygan shaxs jamoat xavfsizligiga tahdidni keltirib chiqarishda ayblanishi mumkin. Si Szinpin esa koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri qanday choralar ko‘rganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют